Markaziy bank to‘lov terminallari uchun ijara haqini 50 foizga kamaytirdi

© Baxodir MamadjanovO‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Endilikda yuridik shaxslarga o‘zlari foydalanayotgan to‘lov terminallari uchun ijara haqi 5 yevrogacha, yakka tartibdagi tadbirkorlarga esa 2,5 yevrogacha etib belgilandi

TOShKENT, 17 mar — Sputnik. Markaziy bank va O‘zbekiston banklar assotsiatsiyasi banklararo chakana to‘lov tizimida mijozlarga xizmat ko‘rsatishda "so‘m" plastik kartochkalari orqali hisob-kitoblarni amalga oshirishda bank va nobank kredit tashkilotlari uchun amaldagi tariflar rejasiga ayrim o‘zgarish va qo‘shimchalar kiritdi, deb xabar qildi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki matbuot-xizmati.

To‘lov terminali - Sputnik O‘zbekiston
To‘lov terminali bo‘lmagan tadbirkorlar javobgarlikka tortiladi
Joriy yilning 15-martidan kuchga kiradigan tarif rejasiga ko‘ra, yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarning to‘lov terminallari uchun to‘laydigan ijara haqi 50 %ga qisqartirilmoqda. Endilikda yuridik shaxslarga o‘zlari foydalanayotgan to‘lov terminallari uchun ijara haqi 5 yevrogacha, yakka tartibdagi tadbirkorlarga esa 2,5 yevrogacha etib belgilandi.

Qayd etish lozimki, tijorat banklari tomonidan plastik kartochkalardan foydalanish infratuzilmasini kengaytirish choralari ko‘rilmoqda. Hozirgi paytda jismoniy shaxslarga plastik kartochkalar orqali qisqa muddatli iste’mol kreditlari berishni (overdraft) yo‘lga qo‘yish bo‘yicha tartib ishlab chiqilmoqda. Bu kreditlarga foiz stavkalarini har bir tijorat banki o‘zining ichki kredit siyosatidan kelib chiqib, shartnoma asosida belgilaydi.

Tijorat banklari savdo-servis tashkilotlari bilan birgalikda plastik kartochkalardan foydalanuvchilarning ularni ishlatishdan manfaatdorligini oshirishga yo‘naltirilgan turli xil bonus, diskont va rag‘batlantiruvchi dasturlarni tatbiq etish amaliyotini kengaytirish borasidagi ishlari izchil davom ettirib boriladi.

Yangiliklar lentasi
0