Toshkentlik talaba rashk sababli sevgan qizini pichoqladi

© SputnikPichoq
Pichoq - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bunday ayanchli holatlar to‘g‘risida Toshkent shahar IIBB tomonidan navbatdagi "payshanbalik" doirasida o‘tkazilgan matbuot brifingida ma’lumot berildi

TOShKENT, 17 mar — Sputnik. Toshkentlik talaba rashk sababli sevgan qizini pichoqladi, deb xabar qildi "Darakchi" nashri.

Nashrga ko‘ra, bu kabi ayanchli holatlar to‘g‘risida Toshkent shahar IIBB tomonidan navbatdagi "payshanbalik" doirasida o‘tkazilgan matbuot brifingida ma’lumot berilgan.

IIB xodimi - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston IIV Mirziyoyev talabini bajarishga kirishdi
"Hafta davomida voyaga yetmaganlar o‘rtasida oltita og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyatlar sodir etilganligi ayanchli holat. Ana shundaylardan biri 2017-yilning 10-mart kuni soat 11:30 larda sodir bo‘ldi. 1995-yilda tug‘ilgan Toshkent Davlat texnika universiteti 1-kurs talabasi Toshkentdagi kollejlardan birining o‘quvchisini rashk sababli, oshxona pichog‘i bilan tanasining turli qismiga bir necha marotaba jarohat yetkazgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, qizning hayoti xavf ostida emas", — deyiladi xabarda.

Holat yuzasidan Shayhontohur tuman prokuraturasi tomonidan jinoyat kodeksining 25, 97-moddalari, ya’ni qasddan odam o‘ldirishga suiqasd qilish jinoyati bilan ishi qo‘zg‘atilgan, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Holatda aniqlanishicha talaba yigit sevgilisining telefonini tekshirib, uni undan boshqa odamlar bilan gaplashayotganini bilib qolgan, va bu holat bir necha bor takrorlangach jahl ustida uni pichoqlagan. O‘zi esa uksus ichib o‘rtog‘iga telefon qilgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, qizning hayoti saqlanib qolgan.

Gumondorlar - Sputnik O‘zbekiston
Farg‘onada 2 qiz va bir yigitdan iborat bosqinchi guruh qo‘lga olindi
Hafta davomida shuningdek 4 nafar kollej o‘quvchisi ikki nafar tengdoshini do‘pposlab, ulardan birining bel sohasiga hayot uchun xavfli bo‘lgan tan jarohati yetkazgani aniqlandi.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat Kodeksining 104-moddasi, ya’ni bezorilik oqibatida qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish jinoyati alomatlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0