Samarqand va Boshqirdiston o‘rtasida hamkorlik kengayadi

© Fotolia / KokhanchikovUfa, Bashkiriya
Ufa, Bashkiriya - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Samarqand viloyati delegatsiyasi vakillari tashrif doirasida XXVII "AgroKompleks" Xalqaro ko‘rgazmasi, "Boshqirdiston Respublikasi taraqqiyot korporatsiyasi", "Ufa" sanoat parkida bo‘lishadi

TOShKENT, 16 mar — Sputnik. Samarqand viloyati hokimi Himmat Oqbo‘tayev boshchiligidagi delegatsiya Boshqirdistonda rasmiy tashrif bilan bo‘lib turibdi. Bu haqda "Bashinform" AA xabar bermoqda. Delegatsiyaga O‘zbekistonning Rossiyadagi favqulodda va muxtor elchisi Bahrom Ashrafxonov hamrohlik qilyapti.

Rossiya TIVning Ufadagi vakili Vener Galiakbarovning aytishicha, tashrifdan asosiy maqsad Boshqirdiston bilan savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish, boshqird sheriklarni izlash, tomonlarning o‘zaro tashqi savdo aylanmasi hajmini oshirishdir.

Svetovoe shou na Spasskoy bashne Kazanskogo Kremlya - Sputnik O‘zbekiston
Samarqand viloyati hokimi Tatariston prezidenti bilan uchrashadi

Dasturda Boshqirdiston hukumati bosh vaziri bilan uchrashuv rejalashtirilgan. Shuningdek, Samarqand viloyati va Boshqirdiston Savdo-sanoat palatalari o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risidagi kelishuv imzolanishi, shuningdek B2B shaklidagi muzokaralar o‘tkazish, biznes-hamjamiyat vakillari bilan uchrashish ko‘zda tutilgan.

Samarqand viloyati delegatsiyasi vakillari tashrif doirasida XXVII "AgroKompleks" Xalqaro ko‘rgazmasi, "Boshqirdiston Respublikasi taraqqiyot korporatsiyasi", "Ufa" sanoat parkida bo‘lishadi.

17 mart, juma kuni mehmonlar "Bashinkom" va "Boshqirdiston neft-kimoqayta ishlash" korxonalari faoliyati bilan tanishadilar.

Rasmiy tashrif Boshqird asal savdo uyidagi degustatsiya va "O‘zbekiston" savdo uyi faoliyatini baholash bilan yakuniga yetadi.

Yangiliklar lentasi
0