O‘zbekistonda "jonlanuvchi" kitoblar chop etilmoqda

Obuna bo‘lish
Kitobdagi tasvir ustiga smartfon yoki planshetni olib borasiz. Shu ondayoq monitorda bo‘yalgan rasm harakatlanib, so‘zlashga tushadi. Jonlangan rasm bilan suratga tushib, tayyor fotoni elektron jo‘natish mumkin

TOShKENT, 16 mar — Sputnik. O‘zbekistonda innovatsion texnologiya asosida 3D o‘lchamli kitoblar chop etila boshlandi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi hukumat portalida xabar berilmoqda.

Ushbu loyiha O‘zbekiston matbuot va axborot agentligining G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi va "Colar Technology" mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan amalga oshirilgan bo‘lib, noshirlik sohasida yangilikdir. Bunday loyiha dunyoning sanoqli mamlakatlari tajribasidan o‘tgan.

Islom Karimov - Sputnik O‘zbekiston
Islom Karimovning asari eng xaridorgir kitob deb topildi

Buyurtma asosida kitob do‘konlariga yetkazib berilayotgan bu noshirlik mahsuloti bolalarni kitob dunyosiga yetaklashda o‘ziga xos xususiyatga ega. O‘zbek, rus va ingliz tillarida bo‘lgan 3D o‘lchamli kitob xarid qilingandan so‘ng uyali telefonda maxsus dastur yuklab olinadi. Dasturdagi skretch-kod faollashtirilib, kitobdagi rasmlarni ehtiyotlik bilan konturlardan chetga chiqmasdan bo‘yash lozim. Undan so‘ng tasvir ustiga smartfon yoki planshetni olib borasiz. Shu ondayoq monitorda bo‘yalgan rasm harakatlanib, so‘zlashga tushadi. Jonlangan rasm bilan suratga tushib, tayyor fotoni elektron jo‘natish mumkin.

Hozir bu kabi kitoblar "Bizning kasblarimiz", "Hayvonot olamida" va "Sevimli qahramonlar" kabi ruknlarda tayyorlanmoqda. "O‘zbek xalq ertaklari" rukni ostida ham bu kabi innovatsion noshirlik mahsulotini yaratish ustida ish olib borilayotir.

Ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekistonda 1755 matbaa korxonasi va bo‘limlari, 122 nashriyot faoliyat ko‘rsatmoqda. Ular tomonidan yiliga 4 mingdan ziyod nomdagi, umumiy adadi qariyb 50 million nusxaga yaqin kitob nashr etilmoqda. Noshirlik mahsulotlarining 1 ming nomdan ziyodi bolalar adabiyotiga tegishli.

Yangiliklar lentasi
0