Toshkent va Leningrad viloyatlari o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yadi

© lenobl.ruXokim Tashkentskoy oblasti Respubliki Uzbekistan Shukurullo Babayev i gubernator Leningradskoy oblasti Aleksandr Drozdenko
Xokim Tashkentskoy oblasti Respubliki Uzbekistan Shukurullo Babayev i gubernator Leningradskoy oblasti Aleksandr Drozdenko - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Gubernator Aleksandr Drozdenko Leningrad va Toshkent viloyatlari o‘rtasidagi tarxiy munosabatlarni alohida qayd etib o‘tdi

TOShKENT, 16 mar — Sputnik. Toshkent viloyati hokimi Shukurullo Boboyev Rossiyaning Leningrad viloyati gubernatori Aleksandr Drozdenko bilan uchrashdi. Bu haqda Leningrad viloyati ma’muriyati matbuot xizmati xabar berdi.

Tomonlar uchrashuv davomida savdo-iqtisodiy va ijtimoiy sohalardagi hamkorlikni muhokama qildilar hamda viloyatlar o‘rtasida qardoshlik aloqalarini rivojlantirish maqsadida bitim tuzishga qiziqish bildirdilar.

Svetovoe shou na Spasskoy bashne Kazanskogo Kremlya - Sputnik O‘zbekiston
Samarqand viloyati hokimi Tatariston prezidenti bilan uchrashadi

Drozdenko Leningrad va Toshkent viloyatlari o‘rtasidagi tarxiy munosabatlarni alohida qayd etib o‘tdi. U agrosanoat, turizm, sport sohalari, o‘quv yurtlari, madaniyat muassasalari va korxonalar o‘rtasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish istiqbolli yo‘nalishlardan ekanligini e’tirof etdi.

"Biz o‘zaro aloqalarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri "xalq diplomatiyasi" orqali mustahkamlashimiz lozim", — dedi gubernator.

Shukurullo Boboyev qishloq xo‘jalik mahsulotlarini yetkazib berishni kengaytirish, korxonalar o‘rtasidagi aloqalarni rivojlantirish va turistik almashuvlar hajmini oshirish rejalashtirilganini bildirdi.

Yangiliklar lentasi
0