Toshkentdagi ta’lim muassasalaridan birining o‘quvchisidan to‘pponcha topildi

Obuna bo‘lish
Yana sakkiz nafar o‘quvchining yonidan esa sovuq qurollar topildi

TOShKENT, 15 mar — Sputnik. Toshkentdagi maktab, litsey va kollejlardagi davomatni tekshirish bo‘yicha o‘tkazilgan reydlar davomida huquqni muhofaza qilish xodimlari o‘quvchilarning biri yonida jarohat yetkazuvchi to‘pponcha borligini aniqladilar. Bu haqda podrobno.uz xabar berdi.

Qurol guvohlar ishtirokida musodara qilindi.

Ucheniki na ekzamene - Sputnik O‘zbekiston
Qoniqarsiz davomat uchun maktab direktorlariga keskin chora ko‘riladi

Yana sakkiz nafar o‘quvchining yonidan esa sovuq qurollar topildi. Ular pichoq bilan tengdoshlarini qo‘rqitishni mo‘ljallashganmi yoki boshqa maqsadlari bo‘lganmi, bunisi noma’lum. Lekin barcha "mushketorlar" qurolsizlantirildi.

Reyd davomida tartib posbonlari 21 o‘quvchining smartfonida behayo lavhalar, 18 o‘quvchining smartfonida esa zo‘ravonlik va qotillik aks etgan lavhalar borligini aniqladilar.

Barcha holatlar bo‘yicha bayonnomalar tuzilib, voyaga yetmaganlar ishlari bo‘yicha tegishli tuman komissiyalariga topshirildi. Endilikda bunday holatlar uchun barcha — o‘quvchilar ham, ota-onalar va o‘qituvchilar ham birdek javob beradi.

Yangiliklar lentasi
0