TOShKENT, 15 mar — Sputnik. Toshkent shahrida joylashgan ta’lim muassasalarida o‘quvchilar davomatini yaxshilash va umumta’lim maktablari 9-sinf bitiruvchilarini ishga olish bo‘yicha shahar va tuman hokimliklarida doimiy ishchi guruhlar tuzilgan. Bu haqda Toshkent shahar hokimligida bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida ma’lum qilindi.
Matbuot anjumanida ma’lum qilinishicha, 1 hafta muddat ichida barcha ta’lim muassasalaridagi real davomatni aniqlash, mahalla profilaktika inspektorlarini ta’lim muassasalariga biriktirish belgilangan.
Profilaktika inspektorlari sababsiz dars qoldirayotgan, ta’lim muassasasi ichki tartiblariga rioya qilmaydigan o‘quvchilarning ota-onalari bilan ishlaydi.
Farzandlari tarbiyasiga salbiy ko‘rsatuvchi, shuningdek, ular tarbiyasiga e’tiborsiz ota-onalar bilan alohida ish olib borish va tuman hokimligi huzuridagi voyaga yetmaganlar ishlari bo‘yicha komissiyalar yig‘ilishini o‘tkazib, o‘z vakolati doirasida tegishli choralar ko‘rish belgilangan.
Ta’lim muassasalariga o‘qishga qatnamaydigan o‘quvchilar va ularning ota-onalariga hamda unga mas’ul bo‘lgan, real davomatni yashirgan ta’lim muassasalari rahbar xodimlariga nisbatan keskin choralar ko‘riladi.