Elektron kadastr tizimi 2020-yilga qadar yaratiladi

© Sputnik / Vitaliy Ankov / Mediabankka o‘tishRabota geodezista
Rabota geodezista - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Loyiha doirasida milliy jug‘rofiy axborot tizimi (GIS)ga asoslangan ko‘chmas mulk yagona onlayn tizimi yaratiladi.

TOShKENT, 5 avg – Sputnik. O‘zbekistonda ko‘chmas mulk yagona onlayn tizimi 2016-2019 yillar davomida yaratiladi, deb xabar qilmoqda Yer resurslari, geodeziya va kartografiya davlat qo‘mitasi.  

“O‘zbekistonda yagona Ko‘chmas mulk elektron reyestri yaratilishga kirishildi. U bir vaqtning o‘zida ko‘chmas mulk huquqini ro‘yxatdan o‘tkazish hamda kadastr  hisobidan o‘tkazish imkonini beradi. Bu esa aholi vaqtini tejash hamda ko‘chmas mulk bilan bog‘liq operatsiyalarni qulayroq qilish imkonini beradi”, — deyilgan qo‘mita xabarida.  

Qiymati 25 million bo‘lgan loyiha Jahon banki tomonidan ajratilgan 20 mln dollar kredit hisobiga amalga oshiriladi. Ushbu krudit O‘zbekiston hukumatiga 2016-yilning may oyida ajratilgan edi.   

Loyiha doirasida milliy jug‘rofiy axborot tizimi (GIS)ga asoslangan yer resurslari yagona onlayn tizimi yaratiladi. Uni yaratish 2019-yilda yakunlash rejalashtirilgan. Yangi tizim uchun kerak bo‘ladigan barcha asbob-uskuna yetkizib beruvchi hamkor sifatida Janubiy Koreyaning ICT Technologies kompaniyasi tanlangan. GIS tizimi uskunalarining umumiy qiymati 30,8 mln dollarni tashkil qiladi.

Ayni damada Yer resurslari, geodeziya va kartografiya davlat qo‘mitasi bir necha muassasa va tashkilotlar orasida kadastr ma’lumotlar bilan almashishning xavfsiz tizimini yo‘lga qo‘ygan. Ushbu tizim o‘zbek dasturchilari tomonidan ishlab chiqarilgan dastur asosida ishlaydi va O‘zbekistonning har bir tumani va shahridagi kadastrga bog‘liq bo‘lgan jarayonlar bilan tanishish imkonini beradi.

 

Yangiliklar lentasi
0