Toshkentdagi reydlar: farzandingiz darsga bormay internet-kafeda o‘tiribdi

Obuna bo‘lish
Poytaxt militsionerlari maktabda bo‘lish o‘rniga internet-kafeda o‘tirgan 23 o‘quvchini hamda qonunchilikda taqiqlanganiga qaramasdan soat 22:00dan so‘ng internet-kafeda bo‘lgan to‘rt nafar voyaga yetmaganlarni aniqlashgan

TOShKENT, 10 mar — Sputnik. Ichki ishlar organlari xodimlarining poytaxtda o‘tkazgan reydlari natijasida voyaga yetmagan bolalar kechqurun internet-kafelarga kelayotganligi ma’lum bo‘ldi, deb xabar berdi Sputnik O‘zbekiston muxbiri.

Toshkent shahar IIBB ma’lumotiga ko‘ra, 3-martdan 9-martga qadar poytaxt militsionerlari 25ta ana shunday muassasani ko‘zdan kechirishgan va maktabda bo‘lish o‘rniga internet-kafeda o‘tirgan 23 o‘quvchini hamda qonunchilikda taqiqlanganiga qaramasdan soat 22:00dan so‘ng internet-kafeda bo‘lgan to‘rt nafar voyaga yetmaganlarni aniqlashgan.

Ekran smartfona - Sputnik O‘zbekiston
Toshkentda 36 o‘smir "o‘lim guruhi"ga kirganligi aniqlandi

Tartib va qonunchilikni buzgan muassasalar va noo‘rin vaqtda internet-kafega kirgan bolalarning ota-onalariga nisbatan tegishli ma’muriy choralar ko‘rildi.

Hafta davomida shuningdek, 217 nafar maktab, 306 nafar kollej, 27 nafar litsey o‘quvchilari turli sabablarga ko‘ra dars mashg‘ulotlarida qatnashmayotganligi aniqlangan.

Bunday holatlarning oldini olish maqsadida 69 ta ta’lim muassasasida o‘qituvchi va murabbiylar, ota-onalar ishtirokida sayyor muhokamalar o‘tkazildi, 27 nafar ota-onaga nisbatan ma’muriy ta’sir choralari ko‘rildi.

Eslatib o‘tamiz, Toshkentda o‘quvchi-yoshlarning mobil telefonlari tekshirilganida, 36 nafar o‘smir "o‘lim guruhi"ga jalb etilganligi aniqlandi.

Yangiliklar lentasi
0