TOShKENT, 12 mar — Sputnik. Samarqand shahrida X innovatsion g‘oyalar, texnologiyalar va loyihalar hududiy yarmarkasi bo‘lib o‘tdi, deb xabar qilgan Samarqand viloyati hokimligi matbuot-xizmati.
"Ular viloyatimizdagi dehqonlar, fermerlar, sanoat, kichik biznes va tadbirkorlik subyektlari xodimlariga o‘zlarining jahon andazalariga mos, yuqori samarali qurilish materiallari, texnik qurilmalar, preparatlar va boshqa ilmiy texnologik mahsulotlarini taqdim qildilar", — deb ta’kidlangan xabarda.
Yarmarkaning ochilish marosimida so‘z olgan Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo‘mitasi ijro apparati rahbari O.Parpiyev, viloyat hokimining o‘rinbosari Sh.Xudoyberdiyev ko‘rgazmada namoyish etilayotgan sanoat, qishloq xo‘jaligi, sog‘liqni saqlash, farmatsevtika va informatsion texnologiyalar, fan va ta’lim sohalaridagi g‘oyalar, loyihalar mamlakat iqtisodiyotimini modernizatsiyalash, fan, ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasini hamda ilmiy mahsulotlarni yaratishda hamkorlikni yanada rivojlantirishga xizmat qilishini ta’kidlagan.