Maktablarda “Kamolot” tarbiyachisi lavozimi paydo bo‘ldi

Obuna bo‘lish
Uning asosiy vazifasi o‘quvchilarning dasr qoldirmasligini ta’minlash bo‘ladi.

TOShKENT, 14 mar — Sputnik. O‘zbekiston maktablarida 2017-yilning 1-martidan boshlab “Kamolot” tarbiyachisi lavozimi paydo bo‘ldi. Uning asosiy vazifasi o‘quvchilarga darslarni o‘zlashtirishda yordam berish va ularning dars qoldirmasligii ta’minlash, bo‘ladi deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri.

“Yaqinda Toshkent hokimiyati, prokuraturasi, IIB, Xotin-qizlar qo‘mitasi, O‘rta va maxsus ta’lim boshqarmasi, “Mahalla” qo‘mitasi boshqarmasi hamda “Kamolot” yoshlar harakati ishtirokida maktab va kollej o‘quvchilarining darslarga qatnashishini ta’minlashga qaratilgan majlilisi bo‘lib o‘tdi. Ushbu muammoni hal qilish uchun ota-onalarni, o‘qituvchilarni jalb qilamiz. Ular o‘z majburiyatlarini bajarmagan holllarda – jarimaga tortiladi”, — dedi Toshkent hokimi o‘rinbosari Farida Abduraximova.

 

O‘quv muassasalari rahbarlaridan esa alohida talab bo‘ladi. Ular haqiqiy darsga qatnashgan o‘quvchilar sonini yashirgan hollarda – ishdan haydaladi.

“Kamolot”  tarbiyachilari va maktab ma’muriyati o‘n kun ichida doimiy ravishda darslarni qoldirayotgan o‘quvchi va talabalar ro‘yxatini tuzish topshirilgan.  

Undan tashqari Toshkent shahar hokimiyati huzurida yoshlar siyosati bo‘yicha yangi maxsus majmua tashkil qilindi. Shuxrat Abrorov boshchilik qiladigan ushbu bo‘lim, poytaxtning 11 rayonida  maxsus komissiyalar tashkil qilib, balog‘atga yetmaganlar bilan ishlaydi.

o‘quvchi - Sputnik O‘zbekiston
Ota-onalardan farzandi uyda dars tayyorlaydigan joyning fotosuratini so‘rashmoqda
Xususan bo‘lim, surunkali ravishda dars qoldirayotgan o‘quvchilar va ularning ota-onalari bilan ishlaydi. Eng ashaddiy qoidabuzarlar “ishlari” mahalla darajasigacha ko‘tariladi.

Undan tashqari har bir o‘quv maskaniga mahalla inspektori ham biriktirilgan bo‘lishi kerak. Ularning vazifasi dars qoldirayotgan talabalar ota-onalari bilan ishlash.

Shuningdek 2017-yilning 1-apreliga qadar turli to‘garak va seksiyalar samarali faoliyatini yo‘lga qo‘yish kerak. Ular o‘z faoliyatida nafaqat maktab o‘quvchilari, balkim litsey va kollej talabalarini ham jalb qilishlari kerak.

Ayni damda poytaxt maktablarida darsga qatnashayotgan talabalar soni 92-93 % ni tashkil qilmoqda, litsey va kollejlarda — 94-95 %.

 

Yangiliklar lentasi
0