Saudiya Arabistoni qiroli Yaponiyaga 10ta samolyot bilan keldi

© Shizuo Kambayashi / POOL / AFPYaponiya bosh vaziri Sindzo Abe Saudiya Arabistoni iiroli Salman ibn Abdel Aziza al-Saudni kutib olmoqda
Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abe Saudiya Arabistoni iiroli Salman ibn Abdel Aziza al-Saudni kutib olmoqda - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Delegatsiya 10ta samolyot orqali uchgan, samolyotlarga ortilgan yuklarning umumiy hajmi 459 tonna. Tokioda ular uchun 500dan ortiq limuzin xizmat qilgan, Yaponiya poytaxtidagi eng yaxshi mehmonxonalarda 1000dan ortiq nomer oldindan band qilingan.

TOShKENT, 14 mar — Sputnik. Saudiya Arabistoni qiroli Salmon ibn Abdulaziz Tokioga rasmiy tashrif bilan bordi. Bu saudiyaliklar qirolining 46-yil ichida ilk marta Yaponiyaga kelishi hisoblanadi. Qirolga 1500 kishi hamrohlik qilmoqda, jumladan 25 nafar shahzoda, vazirlar va biznesmenlar, deb yozadi kun.uz nashri. 

Saudiya Arabistonidan 5 million migrant deportatsiya qilinadi

Ko‘p sonli delegatsiyani Yaponiyaga olib borish uchun 10ta samolyot kerak bo‘lgan. Samolyotlarga ortilgan yuklarning umumiy hajmi 459 tonna. Tokioda ular uchun 500dan ortiq limuzin xizmat qilgan, Yaponiya poytaxtidagi eng yaxshi mehmonxonalarda 1000dan ortiq nomer oldindan band qilingan.

Xaneda aeroportida 81 yoshli monarxni Yaponiya taxti vorisi shahzoda Naruxito kutib olgan. Saudiyaliklar qiroli Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abe hamda mamlakat qiroli Akixito bilan ham uchrashishni rejalashtirgan.

Yaponiya bosh vaziri bilan muzokaralarda o‘zaro hamkorlikda iqtisodiy zona tuzilishi haqida e’lon qilinishi, shuningdek, "Yaponiya va Saudiya Arabistoni. 2030-yilgacha istiqbol" iqtisodiy dasturi taqdimoti o‘tkazilishi kutilmoqda. Rejaga ko‘ra, Tokio Ar-Riyodga iqtisodning neftga bog‘liqligidan qutulishga yordam ko‘rsatadi.

Saudiya Arabistonidagi eng yirik neft kompaniyasi bo‘lmish Saudi Aramco qisman xususiylashtirilishi nazarda tutilgan. Bu kompaniya neft zaxiralari hamda xomashyo qazib olish ko‘rsatkichlari bo‘yicha dunyoda birinchi o‘rinda turadi. Uning qiymati 781 milliard dollarga baholangan.

© AP Photo/Shizuo Kambayashi, PoolYaponiya va Saudiya Arabistoni delegatsiyalari uchrashuvi
Saudovskiy korol Salman (vtoroy sleva) i premyer-ministr Yaponii Sindzo Abe (sprava) na vstreche v ofitsialnoy rezidensii Abe v Tokio - Sputnik O‘zbekiston
Yaponiya va Saudiya Arabistoni delegatsiyalari uchrashuvi

Ma’lumki, Saudiya Arabistoni o‘z iqtisodini faqat neft sotish asosida faoliyat yuritayotganidan jiddiy xavotirda. Oxirgi 2-yilda jahon bozorida neftning narxi bir necha bor tushib ketdi. Undan tashqari, bir kun kelib neft ham tugashi mumkin. Ushbu omillarni nazarda tutgan holda Saudiya Arabistoni bir necha o‘n yil davomida mamlakatda iqtisodning eng ilg‘or, eng zamonaviy  va yuqori texnologiyali sohalarini rivojlantirishga harakat qilib kelmoqda.

Yaponiya yuqori texnologiyalar borasida dunyoda yetakchi mamlakatligi ham sir emas. Ustiga ustak, Yaponiya Saudiya Arabistonining eng yirik neft sotib olayotgan mijozidir. Ushbularni nazarda tutgan holda Yaponiya mamlakat iqtisodining yuqori texnologiyali sohalariga investitsiya kiritish evaziga, Saudi Aramco aksiyalarining bir qismini Yaponiyaga taklif qilgani ajab emas.

Bunday ko‘p sonli delegatsiya bilan tashrif buyurishdan maqsad esa esa, Yaponiya bilan imkon qadar ko‘proq biznes aloqalar o‘rnatishdir.

Yangiliklar lentasi
0