TOShKENT, 12 mar — Sputnik. Bu haqdagi qaror Podshohlik Sho‘rosi(parlamenti)da muhokama qilinmoqda, deb yozgan nashr.
Xabarda aytilishicha, bu taklif deputatlardan biri — Sadka Fadel tomonidan bildirilgan.
Al Hayat nashri xabariga ko‘ra, qirollik rasmiylarini ko‘proq migrantlar kelajakdagi Saudiya fuqaroligini talab qilib, ularni "tabiiylashtirish"ni so‘rashlaridan havotir olishmoqda.
Saudiyachilarning aksariyati migratsiya jinoyatchilik darajasini oshiradi, gastarbayterlar esa iqtisodiy tomondan o‘ziga to‘q mahalliy aholiga ko‘proq hujum qilmoqda, degan fikrda.
Ammo qirolikka vaqtincha yashash uchun ko‘chib kelganlar ham o‘z qismatidan xursand emas. 2014-yilda neft narxi ko‘tarila boshlaganda, mamlakatda o‘z mehnat haqini ololmagan pokistonlik ishchilar tomonidan norozilik namoyishlari o‘tkazilgan. 2017-yilning yanvar oyida esa ahvol shu darajaga borib yetadiki, muqaddas Makka shahrida to‘qnashuvlar yuz berib, bu yollanib ishlayotgan ishchilarni hibsga olish bilan yakunlanadi.