Turklar O‘zbekistonda yangi zavod qurishadi

© FacebookSIZ "Angren"
SIZ Angren - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Loyihaning boshlang‘ich qiymati 10 million dollar atrofida bo‘ladi

TOShKENT, 13 mar — Sputnik. Turkiyaning DAL Teknik Makina kompaniyasi O‘zbekistonda sanoat ahamiyatiga ega metall konstruksiyalar zavodini qurishni rejalashtirmoqda, deb xabar berdi Sputnik O‘zbekiston muxbiri.

"Angren" erkin iqtisodiy zonasida joylashadigan mazkur sanoat obyektini tashkil qilish bo‘yicha memorandum O‘zbekiston delegatsiyasining Istanbulga tashrifi davomida imzolandi.

Vitse-premyer RUz R.Azimov na vstreche s prezidentom Tursii R.Erdoganom - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston va Turkiya qiymati 1 mlrd dollarlikdan ortiq shartnomalar imzoladi

"Loyihaning boshlang‘ich qiymati 10 million dollar atrofida bo‘ladi. Turkiyalik investorlar zona hududini ko‘rib chiqishdi va Ohangaron sanoat blokidagi umumiy maydoni 6 gektarni tashkil etuvchi joyni tanlashdi. Hozirda ma’muriy kengash ko‘rib chiqishi uchun zarur hujjatlar tayyorlanmoqda", — dedi "Angren" EIZ vakili.

Tomonlar loyihani shu yilning o‘zida yakuniga yetkazishni rejalashtirgan. Ekspertlarning baholashlaricha, yangi zavodning qurilishi O‘zbekistonga sanoat ahamiyatiga ega tayyor metall konstruksiyalarni import qilishni sezilarli darajada kamaytiradi va 100ga yaqin yangi ish o‘rni yaratiladi.

O‘tgan yili "Angren" EIZda 56,7 million dollar investitsiya o‘zlashtirildi, bu 2015-yilga qaraganda 6,1 foizga ko‘pdir. Ushbu davr mobaynida 7 yangi zavod qurildi, 929 milliard so‘mlikdan ortiq mahsulot ishlab chiqarildi.

Yangiliklar lentasi
0