O‘zbekiston va Turkiya qiymati 1 mlrd dollarlikdan ortiq shartnomalar imzoladi

© Press-slujba prezidenta TursiiVitse-premyer RUz R.Azimov na vstreche s prezidentom Tursii R.Erdoganom
Vitse-premyer RUz R.Azimov na vstreche s prezidentom Tursii R.Erdoganom - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Hujjatlar O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari Rustam Azimov boshchiligidagi delegatsiyaning 26-fevral-2 mart kunlari Turkiyaga uyushtirgan safari davomida imzolandi

TOShKENT, 8 mar — Sputnik. O‘zbekiston va Turkiya qiymati 1 milliard dollarlikdan ortiq shartnomalar imzoladi hamda transport kommunikatsiyasi sohasidagi hamkorlikni yanada kuchaytirishga erishdi, deb xabar beradi "Jahon" AA.

Agentlikning xabariga ko‘ra, hujjatlar O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari Rustam Azimov boshchiligidagi delegatsiyaning 26-fevral-2 mart kunlari Turkiyaga uyushtirgan safari davomida imzolandi.

Turkiya prezidenti Rustam Azimovni qabul qildi - Sputnik O‘zbekiston
Erdo‘g‘on Rustam Azimovni "Beylerbeyi" saroyida qabul qildi

"Tashrif davomida o‘zaro tadbirlar, jumladan, o‘zbek-turk biznes forumi, "davra stollari", har ikki tomon tegishli soha va kompaniya vakillarining Istanbul va Anqaradagi ishchi uchrashuvlari tashkil etilishi natijasida umumiy qiymati 1 milliard dollarlikdan ortiq hujjatlar imzolandi", — deyiladi xabarda.

Turkiya rahbarlari O‘zbekiston bilan munosabatlarni va mamlakatning o‘sib borayotgan savdo-iqtisodiy salohiyatini yuksak baholadilar, deb yozadi "Jahon".

Tashrif davomida savdo-iqtisodiy va transport-kommunikatsiya sohasidagi hamkorlikka, xususan, ikki mamlakatni to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘lovchi transport yo‘lagi bo‘lmish Boku-Axalkalaki-Kars temir yo‘l liniyasini yaratishga alohida e’tibor qaratildi.

2016 yil noyabrida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Turkiya prezidenti Erdo‘g‘on Samarqandda muzokaralar o‘tkazishgan hamda ikki mamlakat hamkorligini rivojlantirish bo‘yicha "yo‘l xaritasi" yaratish masalasini muhokama qilishgandi.

Yangiliklar lentasi
0