Tulada o‘zbeklardan pul undirib kelgan o‘zbek diasporasi rahbari qo‘lga olindi

© Sputnik / Kirill Kallinikov / Mediabankka o‘tishNelegalnie migranti
Nelegalnie migranti - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ma’lum bo‘lishicha, o‘zbekistonlik yuzlab migrantlar unga har oyda 2 ming rubldan "boj" to‘lab kelishgan

TOShKENT, 13 mar — Sputnik. Tulada o‘z vatandoshlaridan tovlamachilik yo‘li bilan pul undirib kelgan o‘zbek diasporasi rahbari qo‘lga olindi, deb xabar bermoqda Podrobno.uz. Ma’lumotlarga qaraganda, 70ga yaqin o‘zbek migrantlari "Hamdo‘stlik" hamjamiyati rahbari Tolib Isajonov ustidan politsiyaga murojaat qilishgan.

Tuladagi "Hamdo‘stlik" jamoat tashkiloti rahbari Tolib Isajonov qurilish obyektlaridan birida o‘z vatandoshlaridan navbatdagi oylik "yig‘imlar"ni undirayotganida kuch tizimi xodimlari tomonidan qo‘lga olingan.

Deport qilinishi kutilayotgan migrantlar - Sputnik O‘zbekiston
Migrantlar "qo‘zg‘oloni": deportatsiya qilingan migrantlar maxsus xonada qulflanib olishdi

Ma’lum bo‘lishicha, o‘zbekistonlik yuzlab migrantlar unga har oyda 2 ming rubldan "boj" to‘lab kelishgan. Rossiyaning NTV telekanali Tolib Isajonovning migrantlardan undirilgan pullar hisobiga Tulada qurdirgan muhtasham uyini ko‘rsatgan.

Tulalik tergovchilarning ma’lumot berishicha, Tuladagi bir nechta qurilish obyektlari va bir kafe Isajonovga tegishli bo‘lgan.

Uning uyida o‘tkazilgan tintuv vaqtida operativ xodimlar ko‘plab moliyaviy hujjatlar, to‘pponcha o‘qlari va O‘zbekiston fuqarolari ro‘yxati topishgan.

Tula shahri sudi "Hamdo‘stlik" jamoat tashkiloti rahbari Tolib Isajonovni ikki oyga hibsga olish haqida hukm chiqardi. Tez orada unga nisbatan tovlamachilik va Rossiya chegarasini noqonuniy kesib o‘tish holatlari bo‘yicha ayblov qo‘yiladi.

 

Yangiliklar lentasi
0