TOShKENT, 23 fev — Sputnik. Cverdlovsk viloyati prokuraturasi migrantlar tomonidan qoidalarga bo‘ysunmaslik holati bo‘yicha tekshiruv o‘tkazmoqda, deb xabar qildi RIA Novosti.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Moskva vaqti 10.00da deport qilinishi kutilayotgan migrantlarning biri 06.50da chet el fuqarolari saqlab turiladigan Markazdagi xonalarning birida qulflanib olgan.
Sverdlovsk viloyati prokurori yordamchisi Marina Kanatovaning so‘zlariga ko‘ra, xonada u bilan birga yana to‘qqiz nafar migrant bor.
Gorelixning aytishicha, migrantlar politsiyachilardan ularni Rossiyadan deport qilmaslikni so‘rashmoqda.
Rossiya Federatsiyasi Milliy gvardiyasi Ural okrugi qo‘shinlari matbuot-xizmati RIA Novostiga ushbu mojaroli hodisani hal qilishda yordam berishga tayyorligini ma’lum qilgan.
Ayni damda politsiyachilar migrantlar bilan muzokara olib bormoqda.