TOShKENT, 13 mar — Sputnik. 16 mart kuni Toshkentdagi Oloy bozori yonida bepul Wi-Fi signali bo‘lgan birinchi avtobus bekati ochiladi. Bu haqda Hot WiFi Uzbekistan kompaniyasining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida ma’lum qilindi.
Xabarda aytilishicha, barcha xohlovchilar ushbu tizimni sinab ko‘rishlari hamda o‘z izohlarini qoldirishlari mumkin.
Hot WiFi tizimi sharofati bilan ijtimoiy tarmoqlardagi akkauntlar, email, shuningdek, SMS va bepul qo‘ng‘iroq (callback) orqali tarmoqqa kirish mumkin bo‘ladi.
Avtobus bekatlarida Toshkent aholisini bepul internet bilan ta’minlash bo‘yicha loyiha Hot WiFi Uzbekistan kompaniyasi, Bravo Pharma, Beeline hamda JCDecaux kompaniyalari bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan.