Toshkent avtobuslari Wi-Fi internet bilan ta’minlanadi

© FacebookBepul Wi-Fi haqidagi ma’lumotnoma
Bepul Wi-Fi haqidagi ma’lumotnoma - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yo‘lovchilar mobil qurilmalari orqali tegishli tarmoq nomini ko‘rishlari va unga bepul ulanishlari mumkin bo‘ladi

TOShKENT, 26 yanv — Sputnik. Poytaxt avtobuslarida internet tarmog‘iga bepul ulanishni ta’minlash loyihasi 2017-yil o‘rtalarida qayta tiklanadi, dedi "Toshshahartransxizmat" aksiyadorlik kompaniyasi boshqaruvi raisi Otabek Sodiqov.

Toshkentdagi axborot tablosi - Sputnik O‘zbekiston
Avtobuslar harakati onlayn kuzatiladi

Mazkur loyiha ilk marta o‘tgan yilning fevralida boshlangandi. 14-yo‘nalishdagi avtobuslar internet tarmog‘iga bepul ulanish imkoniyati bilan ta’minlangandi.
Kompaniya yil oxiriga qadar poytaxtdagi barcha Mercedes-Benz rusumidagi avtobuslarni bepul internet bilan jihozlashga va’da berdi.

"Avtobuslarni Wi-Fi bilan ta’minlash masalasi kun tartibida turibdi. Mazkur loyihani kechiktirayotgan sabablardan biri — biz ushbu avtobuslarni ishlab chiqaruvchi Mercedes-Benz kompaniyasi bilan avtobuslarga har qanday qo‘shimcha o‘zgartirish kiritish masalasini kelishib olishimiz lozim. Hozirda ushbu jarayon davom etmoqda. Joriy yilning birinchi yarim yilligi yakuniga qadar mazkur masalani hal qilishni rejalashtirganmiz", — dedi Otabek Sodiqov.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Isuzu avtobuslari mazkur jarayonga tayyor emasligi bois hozircha faqat Mercedes-Benz avtobuslari internet bilan jihozlanadi. Bepul internet bilan jihozlangan har bir avtobus eshigiga bepul Wi-Fi mavjudligi haqidagi maxsus ma’lumotnoma o‘rnatiladi. Yo‘lovchilar mobil qurilmalari orqali tegishli tarmoq nomini ko‘rishlari va unga bepul ulanishlari mumkin bo‘ladi.

Yangiliklar lentasi
0