TOShKENT, 12 mar — Sputnik. "Real Madrid" va Portugaliya terma jamoasining hujumchisi Krishtianu Ronaldu tez orada egizak-o‘g‘illarning otasiga aylanadi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti The Sun nashriga tayangan holda.
Bu haqda Ronalduning yaqinlari xabar tarqatishgani xabar qilinmoqda.
Berilgan ma’lumotlarga muvofiq, AQShda istiqomat qilayotgan surrogat ona ayni vaqtda ko‘zi yorish pallasiga kelib qolgan.
Ronaldu shu munosabat bilan o‘z yaqinlariga egizaklar dunyoga kelgach uning Madrid chekkasidagi uyiga olib kelinishini ma’lum qilgan.
Hech kimga sir emaski, futbolchining bir o‘g‘li bor. Kichik-Krishtianu 2010-yilda surrogat onadan dunyoga kelgan.
32 yashar sportchi ayni vaqtda 23 yashar model Jorjina Rodriges bilan uchrashmoqda. 2010-yildan 2015-yilga qadar Ronaldu rossiyalik model Irina Sheyk bilan uchrashgan.