Ronaldu to‘rtinchi bor “Oltin to‘p” sohibi bo‘ldi

© AFP 2023 / GREGORIO CUNHAKrishtianu Ronaldu
Krishtianu Ronaldu - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
“Oltin to‘p” sovrini, sport jurnalistlari fikriga ko‘ra Yevropa qit’asining eng yaxshi futbolchisiga beriladi.

TOShKENT, 13 dek — Sputnik. Madridning «Real» jamoasi va Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu France Football  nashrining an’anaviy yillik sovrini — "Oltin to‘p" sohibi bo‘ldi.

Portugaliyalik futbol yulduzi uchun bu to‘rtinchi "Oltin to‘p" sovrini bo‘ldi. France Football  2008, 2013, 2014-yillarda ham Ronalduni ushbu sovringa loyiq deb topgan edi. Nufuzli sovrin topshirilish marosimida, Yaponiyada rejalashtirilgan o‘yinga tayyorgarlik tufayli, Ronalduning o‘zi ishtirok eta olmadi.

France Football nashri "Oltin to‘p" sovrinin 1956-yilda joriy qilgan. Sovrin yevropa qit’asida yilning eng yaxshi futbolchisiga beriladi. Futbolchini sport jurnalistlari tanlaydi.

 

Yangiliklar lentasi
0