TOShKENT, 12 mar — Sputnik. Muqimiy va Bunyodkor chorrahasi ochilishi Navro‘z arafasi kunlariga ko‘chirildi, deb xabar qildi "Toshshahartransxizmat" kompaniyasi matbuot-xizmati.
"Ma’lum ishlarning davom etayotganligi, hamda xavsizlikni ta’minlash maqsadida, chorrahaning transport harakati uchun ochilishi "Navro‘z" bayrami arafasi kunlariga qo‘chirildi. Tirbandlikni keltirib chiqarmaslik maqsadida, qurilish vaqtida boshqa ko‘chalardan foydalanishni so‘raymiz. Yuzaga keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz", — deyilgan ayni vaqtda berilgan xabarda.
Bunyodkor va Muqimiy ko‘chalari kesishuvida, metroning "Novza" bekati yaqinida uzunligi 600 metrga teng bo‘lgan, olti qator yo‘l tushadigan yangi ko‘prik qurilishi 2016-yilning 16-sentabridan boshlangan edi.
Yo‘l o‘tkazgich Navro‘z bayrami (21 mart)da foydalanishga topshirilishi kutilmoqda.