Qatortol va Muqimiy ko‘chalari chorrahasida svetofor o‘rnatilmoqda

© Soobshestvo Drivers.uzToshkent ko‘chalarida tirband
Toshkent ko‘chalarida tirband - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Muqimiy ko‘chasidan, Chilonzor tumanining eng gavjum bozorlaridan biri joylashgan, Qatortol ko‘chasiga burilmoqchi bo‘lgan haydovchilar svetofor bo‘lmagan chorrahadan qayrilib olishlariga to‘g‘ri kelar edi.

TOShKENT, 7 sen — Sputnik. Poytaxt hokimiyati minglab avtomobilchilar iltimosiga binoan Qatortol va Muqimiy chorrahasida svetofor o‘rnatishga qaror qilishdi, Sputnik muxbiri xabariga asosan.

Uzoq yillar davomida ushbu ko‘chalar chorrahasida  svetofor bo‘lardi. Svetofor o‘nlab avtomobillarga muammosiz chorrahani kesib o‘tish imkonini berardi. Mustaqillik kuni arafasida Uchinchi transport halqasi ishga tushishi bilan ushbu svetofor olib tashlandi va  chorrahada doimiy tirbandlik vujudga keldi.

Muqimiy ko‘chasidan, Chilonzor tumanining eng gavjum bozorlardan biri joylashgan, Qatortol ko‘chasiga burilmoqchi bo‘lgan haydovchilar svetofor bo‘lmagan chorrahadan qayrilib olishlariga to‘g‘ri kelar edi.

Avtomobillar juda tez harakatlanadigan zamonaviy avtomagistralda qayrilib olish ancha murakkab ish. Buning oqibatida har erta va kech bu yerda ulkan tirbandlar paydo bo‘ldi. Qayrilib olish uchun yarim soat va undan ham ortiq kutib qolishga to‘g‘ri kelar va YTH sodir bo‘lishi xavfi juda katta edi.

Bugun yo‘l xizmati xodimlari yangi svetofor o‘rnatishni boshlashdi. Umid qilamizki u yaqin kunlarda ishga tushadi.

Yangiliklar lentasi
0