TOShKENT, 11 mar — Sputnik. O‘zbekistonning Birinchi prezidenti xotirasini abadiylashtirish maqsadida Buxoroning markaziy ko‘chalaridan biriga Islom Karimov nomi berildi, deb xabar qildi O‘zbekiston prezidenti matbuot-xizmati.
Xabarda aytilishicha, ushbu ko‘cha qiyofasini o‘zgartirish, uning ikki tomonida zamonaviy binolar barpo etish bo‘yicha 3-yilga mo‘ljallangan loyiha ishlab chiqildi.
O‘zbekiston rahbari Islom Karimov va Ibn Sino ko‘chalari kesishgan joyda bunyod etiladigan Universal sport majmuasi loyihasini ko‘zdan kechirgan.
2018-yilda foydalanishga topshiriladigan ushbu majmuada 15 sport turi bo‘yicha mamlakat va xalqaro miqyosdagi musobaqalarni o‘tkazish imkoniyati yaratiladi. Undan uchta mashg‘ulotlar zali, basseyn, tennis korti, 3 ming 500 tomoshabinga mo‘ljallangan zal o‘rin oladi. Majmua sportchilarni tayyorlash, murabbiylar malakasini oshirish, sport metodikasi bo‘yicha namunaviy markaz bo‘ladi.