TOShKENT, 12 mar — Sputnik. Eron qurolli kuchlari shanba kuni o‘zlari tomonidan ishlab chiqilgan eng so‘nggi modeldagi — Karrar tankini namoyish qilishdi va seriyali ishlab chiqarishga qo‘yishdi, deb xabar qildi RIA Novosti Eronning Fars agentligiga tayangan holda.
"Yangi yaratilgan tank dunyodagi eng zo‘r tanklar bilan uch sohada bellasha oladi: qudrat, aniqlik va mobillikda, shuningdek, bu jang maydonida u ishonchli texnikadir", — deb aytgan tank taqdimoti tadbirida Eron Mudofaa vaziri Xusayn Dehgon.
Iran unveils first domestically-made tank named Karrar pic.twitter.com/DI4n8Q1Bdo
— Sobhan Hassanvand (@Hassanvand) 12 marta 2017 g.
Vazir tank uchirilgan raketalarni marraga aniqlik bilan yo‘naltirishi, shuningdek, jarlik va darolarni yengib o‘tishga, va hatto suv ostida harakatlanishga qodirligini qo‘shimcha qilgan.
Dehgonning so‘zlariga ko‘ra, Karrar tanklarga qarshi yaratilgan turli qurollar zarbasiga dosh berishini qo‘shimcha qilgan.