"Toshkent tramvayi" bino va inshootlari kimoshdi sadosiga qo‘yildi

© Sputnik / StringerToshkentdagi tramvay
Toshkentdagi tramvay - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
"Toshshahartransxizmat" kompaniyasi barchani bosqichma-bosqich oshib borish tartibida o‘tkaziladigan ochiq auksionga taklif qilgan

TOShKENT, 12 mar — Sputnik. "Toshkent tramvayi" unitar korxonasining bino va inshootlari auksion savdosiga qo‘yildi, deb xabar qilindi "Toshshahartransxizmat" rasmiy saytida.

Muqimiy-Bunyodkor ko‘chalari kesishmasi - Sputnik O‘zbekiston
Muqimiy va Bunyodkor chorrahasi Navro‘z arafasida ochilishi e’lon qilindi
Ochiq auksion savdosiga Toshkent shahri, Lutfiy ko‘chasi, 57-uyda joylashgan bino va inshootlar (boshlang‘ich bahosi 25 596 052 427 so‘m) va Toshkent shahri, Mirobod tumani, Yangi Qo‘yliq ko‘chasi, 40-uyda joylashgan bino va inshootlar (boshlang‘ich bahosi 9 025 062 970 so‘m) qo‘yilgan.

Auksion savdosi 2017—yil 4-aprel kuni soat 12:00 da bo‘lib o‘tadi.

Auksionda qatnashish shartlari bilan kompaniya rasmiy saytida tanishishingiz mumkin.

Eslatib o‘tamiz, 2016-yilning 2-may kuni Toshkentda harakatlanayotgan so‘nggi 17-yo‘nalishi yopilgan va shu tariqa Toshkent tramvayining 105-yillik tarixiga nuqta qo‘yilgan edi.

Yangiliklar lentasi
0