Pak Kin Xe xalqidan uzr so‘radi va prezident saroyini tark etdi

© Sputnik / Sergey Guneyev / Mediabankka o‘tishJanubiy Koreya prezidenti Pak Kin Xe lavozimidan chetlatildi
Janubiy Koreya prezidenti Pak Kin Xe lavozimidan chetlatildi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Janubiy Koreyadagi Moviy rang saroydan to‘g‘ridan-to‘g‘ri translyatsiya olib borilmoqda

TOShKENT, 12 mar — Sputnik. O‘z lavozimidan chetlatilgan Janubiy Koreya rahbari Pak Kin Xe prezidentning rasmiy qarorgohini tark etdi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.

Janubiy Koreya prezidenti Pak Kin Xe - Sputnik O‘zbekiston
Janubiy Koreya prezidenti iste’foga chiqishga tayyorligini ma’lum qildi
Janubiy Koreyadagi Moviy rang saroydan to‘g‘ridan-to‘g‘ri translyatsiya olib borilmoqda, deb yozgan nashr.

Nashr xabariga ko‘ra, Pak Kin Xe Janubiy Koreya xalqidan uzr so‘ragan.

"Butun vakolat muddatim davomida o‘z vazifamni bajara olmaganim uchun uzrimni keltirmoqchiman. Bu bir oz vaqtni olishi mumkin bo‘lsa-da, ammo oxir-oqibat haqiqat yuzaga chiqishiga ishonaman", — Pak Kin Xening bu so‘zlari uning sobiq rasmiy vakili tomonidan ommaga eshittirilgan.

Pak Kin Xe joy olgan kortej mahalliy vaqt bilan 19.17da joyidan qo‘zg‘algan. Moviy saroydan Pak Kin Xe Seuldagi xususiy appartamentlariga yo‘l olishi xabar qilinmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Janubiy Koreya Konstitutsion sudi 10-mart kuni prezident Pak Kin Xening impichmentini qabul qilgan edi. Yirik korrupsion janjal tufayli 9-dekabr kuni mamlakat parlamenti Pak Kin Xeni hukumat rahbarligidan chetlatgan edi. Janubiy Koreyaning 8 nafar sudyasi bir ovozdan uning impichmentini qabul qilgan.

Ayni vaqtda mamlakatning mavaqqat prezidenti vazifasini Bosh vazir Xvan Gyo An bajarmoqda.

Yangiliklar lentasi
0