TOShKENT, 29 noya — Sputnik. Janubiy Koreya prezidenti Pak Kin Xe mamlakat parlamenti hokimiyatni xavfsiz topshirish rejasini ishlab chiqishi bilanoq, iste’fo berishini ma’lum qildi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.
"Mening taqdirim, shuningdek, prezidentlik muddatimni qisqartirish bo‘yicha qaror qabul qilishni Milliy assambleya izmiga topshiraman. Agar hukmron va muxolifat partiya davlat ishlarida chigalliklarni kamaytiradigan rejani ishlab chiqib, tasdiqlasalar va bu bilan hokimiyatni topshirish xavfsizligini ta’minlasalar, men ushbu rejaga hamda qonun bilan belgilangan jarayonlarga bo‘ysungan holda o‘z egallab turgan lavozimimni tark etaman", — deya bayonot qildi Janubiy Koreya prezidenti Pak Kin Xe.
Eslatib o‘tamiz, Janubiy Koreya xalqi Pak Kin Xe davlat ishlariga dugonasi Chxve Sun Silni aralashtirganidan xabar topgach, g‘azab otiga mingan va bir oydan buyon "Pak Kin Xe ketsin!" degan talab bilan ko‘chalarga norozilik namoyishi bilan chiqishayotgan edi. Prokuratura ushbu hodisa yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘adi va Chxve Sun Sil hibsga olindi.