TOShKENT, 23 noya — Sputnik. Saudiya Arabistonida Ka’bani masxaralagan hindu qo‘lga olindi, deb xabar tarqatmoqda RIA Novosti.
"Saudiya Arabistoni politsiyasi Ka’bani tahqirlagani uchun hindistonlik emmigrantni qo‘lga oldi", — deyilgan xabar matnida.
Politsiya ma’lumotiga ko‘ra, gumonlanuvchi Ka’ba ustiga Budda suratini qo‘ygan va bu harakatni fotosuratda muhrlab, suratni Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida chop etgan.
"Mintaqa tergov organi muqaddas qadamjomizni masxaralashda gumon qilinayotgan shasxni ushlab, hibsga olishga muvaffaq bo‘ldi", — deya iqtibos keltirgan nashr Ar-Riyod politsiyasi matbuot-xizmati vakilining so‘zlaridan.
Bordiyu, erkakning aybi isbotlanadigan bo‘lsa, unga nisbatan o‘lim jazosi qo‘llanilishi mumkin.