Toshkentning eng uzun ko‘chasiga Islom Karimov nomi berildi

© Sputnik / Aleksey Drujinin / Mediabankka o‘tishIslam Karimov
Islam Karimov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Mirobod, Yunusobod, Yakkasaroy, Shayxontohur va Chilonzor tumanlarini birlashtirib turuvchi O‘zbekiston ko‘chasiga Islom Karimov nomi berildi

TOShKENT, 3 mar — Sputnik. Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining qarori bilan Mirobod, Yunusobod, Yakkasaroy, Shayxontohur va Chilonzor tumanlarini birlashtirib turuvchi O‘zbekiston ko‘chasiga Islom Karimov nomi berildi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Toshkent aeroporti xodimlari: Islom Karimov nomi bizga g‘urur bag‘ishlaydi

"Mustaqil O‘zbekiston davlatining asoschisi, buyuk davlat va siyosat arbobi, o‘zbek xalqining ulug‘ va ardoqli farzandi, mamlakatimizning Birinchi Prezidenti Islom Karimov o‘zining serqirra siyosiy faoliyati, olijanob insoniy fazilatlari bilan Vatanimizning ko‘p asrlik tarixida o‘chmas iz qoldirdi", deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2017-yil 25-yanvarda "O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdug‘aniyevich Karimov xotirasini abadiylashtirish to‘g‘risida" Qaror chiqargan edi.

Yangiliklar lentasi
0