TOShKENT, 11 mar — Sputnik. Toshkent shahar hokimi qaroriga ko‘ra, 2017-yilda Navruzni nishonlash bo‘yicha shahar ishchi guruhi tuzilgan bo‘lib, tadbirlar rejasi tasdiqlandi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligining axborot xizmati xabar bermoqda.
6 Mart 2017, 15:31
Rejaga ko‘ra, shahardagi har bir korxona va tashkilotlar jamoada uzoq yillar mehnat qilgan faxriylarini, mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilarini, urush va mehnat faxriylariga, yoshi ulug‘ insonlar, tabbaruk otaxon va onaxonlarni har tomonlama e’zozlash, ko‘makka muhtoj insonlarga beg‘araz yordam ko‘rsatish bilan bog‘liq xayriya tadbirlarini amalga oshirish rejalashtirilgan.
Toshkentda doimiy ravishda olib borilayotgan obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlarini yanada jadallashtirilib, haftaning shanba va yakshanba kunlari "Ozodalik kuni" deb e’lon qilingan.