TOShKENT, 6 mar — Sputnik. Har yili Navro‘z umumxalq bayrami arafasida obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish tadbirlarini o‘tkazish odat tusiga kirgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning "2017 yilgi Navro‘z umumxalq bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish to‘g‘risida"gi qaroriga muvofiq allaqachon bu ayyomni ko‘ngildagidek o‘tkazish uchun chora-tadbirlar boshlab yuborilgan.
Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining farmoyishi asosida mart-aprel oylari obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish oyligi, deb e’lon qilindi.
Navro‘z bayrami oldidan esa 11-12 mart kunlari esa umumxalq xayriya xashari o‘tkazilishi rejalashtirilgan.