Rossiya va Turkiya "Islom davlati"ga qarshi hamkorlikdagi ilk operatsiyani o‘tkazmoqda

© Sputnik / Dmitriy Vinogradov / Mediabankka o‘tishRossiyaning mashhur Su-24 bombardimonchi samolyoti
Rossiyaning mashhur Su-24 bombardimonchi samolyoti - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Suriya tomon bilan muvofiqlashtirilgan operatsiya Al-Bab aholi yashash punkti yaqinida o‘tkazilmoqda, deb xabar qilgan RIA Novosti

TOShKENT, 18 yanv — Sputnik. Rossiya Harbiy Kosmik kuchlari va Turkiya Harbiy Havo kuchlari "Islom davlati" terrorchilik uyushmasiga qarshi hamkorlikdagi ilk havo operatsiyasini amalga oshirmoqda, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.

Nashr xabariga ko‘ra, bu haqda bo‘lib o‘tgan brifing chog‘ida Rossiya Havo kuchlari Bosh shtabi operativ boshqarmasi rahbari general-leytenant Sergey Rudskoy xabar qilgan.

Palmira shahri - Sputnik O‘zbekiston
OAV: Rossiya, Turkiya va Eron Suriyani bo‘lib olmoqchi
Suriya tomon bilan muvofiqlashtirilgan operatsiya Al-Bab aholi punkti yaqinida o‘tkazilmoqda. Havo operatsiyasida Rossiya HKKning to‘qqizta zarba beruvchi samolyotlari — ya’ni to‘rtta Su-24M, to‘rtta Su-25 va bitta Su-34 bombardimonchi samolyoti, hamda Turkiyaning sakkizta — (to‘rtta F-16 va to‘rtta F-4) samolyotlari qatnashmoqda.

Rudskoy bu samolyotlar 36ta obyekt bo‘yicha zarba berishayotganini ma’lum qilgan. "Zarbalarning barchasi ikkala mamlakat Bosh shtablari va aviatsiya guruhlari liniyalari bo‘yicha oldindan kelishib olingan", — degan Rudskoy.

General-leytenantning so‘zlariga ko‘ra, operatsiyaning ilk natijalari Rossiya va Turkiya guruhlari o‘zaro harakatlari yuqori samara berayotganini namoyish qilgan.

Yangiliklar lentasi
0