Hodisalar

Afgʻonistonda qurollangan toʻda harbiy aerodromga hujum uyushtirdi

© AFP 2023 / SHAH MARAIAfgʻon politsiyachilari oʻz xizmat vazifasida
Afgʻon politsiyachilari oʻz xizmat vazifasida - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Bir guruh qurollangan shaxslar Afgʻonistondagi Xost harbiy aerodromiga hujum uyushtirishdi

TOSHKENT, 11 mar — Sputnik. Qurollangan shaxslar Afgʻonistondagi Xost provintsiyasida joylashgan harbiy aerodromga hujum uyushtirdi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti Tolo News telekanaliga tayangan holda.

Afgʻonistondagi vaziyat - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Tramp maslahatchisi Afgʻoniston rahbari bilan mamlakat xavfsizligini muhokama qildi
"Bir necha nafar qurollangan shaxslar Xost provintsiyasidagi harbiy aerodromga hujum qildilar. Toʻqnashuv davom etmoqda", — deb xabar qilgan telekanal oʻzining Tvitterdagi sahifasi orqali.

Jabrlanganlar bor-yoʻqligi nomaʼlum.

Nashr xabariga koʻra, ilgariroq jangarilar Afgʻoniston poytaxti — Qobul shahridagi harbiy gospitalga hujum qilgan. 50 nafar insonning bevaqt halok boʻlishiga olib kelgan ushbu hodisa uchun javobgarlikni "Islom davlati" terrorchilik uyushmasi oʻz zimmasiga olgan.

"ID" terrorchilik uyushmasining bu taʼkidiga qaramasdan, Afgʻoniston razvedka xizmati vakillari ushbu hujum ortida kim turganini bilish uchun oʻz surishtiruvini olib bormoqda.

Yangiliklar lentasi
0