TOShKENT, 4 mar — Sputnik. Afg‘oniston prezidenti Ashraf G‘ani telefon orqali muloqotd chog‘ida AQSh prezidentining milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Gerbert Makmaster bilan mamlakatda xavfsizlikni ta’minlash masalalarini muhokama qildi, deb xabar qilingan Afg‘oniston prezidenti saytida.
Ilgariroq Afg‘oniston TIV rahbari Salohiddin Rabboniy RIA Novosti xalqaro axborot agentligiga bergan intervyusida "AQSh prezidenti Donald Tramp Afg‘oniston rahbarini Amerika qo‘shinlari Afg‘onistonda qolib, mamlakat milliy qurolli kuchlarini qo‘llab-quvvatlashiga ishontirgan", degan edi.
Eslatib o‘tamiz, 2015-yilning 1-yanvar sanasidan NATO Afg‘onistonga o‘zining "Dadil ko‘mak" deb nomlangan yangi missiyasini yuborgan. NATO va Afg‘onistonning ikkiyoqlama kelishuviga muvofiq, mamlakatga yuborilgan 12 ming nafar NATO harbiylari Afg‘oniston kuch tuzilmalari xodimlarini o‘qitib, ularga maslahat berish ishlari bilan shug‘ullanadi. NATOning ushbu missiyasi tinchlik missiyasi deb e’lon qilingan.