TOShKENT, 13 fev — Sputnik. Kompaniya xodimlarining fikriga ko‘ra, O‘zbekistonning eng diqqatga sazovor maskani Registon maydonidir, deb xabar beradi Podrobno.UZ.
Registon maydoni — o‘ziga xos tashrif varaqasi, har bir sayyoh bu yerga tashrif buyurishi shart. Samarqandning markazida joylashgan Registon maydonining nomi "Qumloqjoy" degan ma’noni anglatadi.
Unda XV — XVII asrlarning arxitektura ansambli joylashgan bo‘lib, uning markazi Ulug‘bek madrasasi, Sherdor va Tillakori madrasalari hisoblanadi. Bosh maydonda joylashgan ushbu uch madrasa ansambli shahar arxitekturasi va me’morchilik san’atining noyob durdonalaridandir.
Ansambl 2001-yilda YuNESKOning Butunjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan.
Amerikaliklar Afg‘onistondagi Bobur maqbarasini, Hindistonning boburiylar bunyod etgan Toj Mahalini, Qozog‘istonning Medeu konki va chang‘i kurortini, Qirg‘izistonning Ala-Archa milliy bog‘ini, Tojikistonning Rudakiy bog‘ini, Turkmanistondagi «Darvoza» gaz kraterini eng diqqatga sazovor joy deya e’tirof etishgan.