TOShKENT, 11 mar — Sputnik. Afrikaning to‘rt mamlakati — Yaman, Nigeriya, Somali va Janubiy Sudanda yuz bergan "gumanitar" inqiroz BMT tarixidagi eng yirik inqirozlardan biri bo‘lishi kutilmoqda.
"Biz tarixning eng inqirozli bosqichida turibmiz. Yil boshidanoq BMT tashkil topgan vaqtdan buyon yuzaga kelgan eng yirik gumanitar inqirozga yuzma-yuz keldik. Ayni vaqtda to‘rt mamlakatda 20 milliondan ziyod insonga ocharchilik rahna solmoqda. Uyushqoqlik va kelishgan global harakatlarsiz bu odamlar shunchaki ochdan o‘lishi mumkin, ularning aksariyati esa qiynalib, kasalliklardan halok bo‘lishadi", — deb aytdi OBrayen.
Brayenning ogohlantirishicha, agar xalqaro hamjamiyat yuqorida nomi tilga olingan to‘rt mamlakatda yuz berayotgan hodisalarga befarq bo‘lsa, u holda dunyoga qochqinlarning yangi oqimi tahdid solishi mumkin. Buning natijasida esa "qator mintaqalarda tinchlikning buzilishi" yuzaga kelishi turgan gap.