O‘zbekiston Tojikistonga 60 tonna insonparvarlik yordami jo‘natdi

Obuna bo‘lish
Shavkat Mirziyoyevning topshirig‘iga muvofiq, O‘zbekiston hukumati Tojikistonning tog‘li hududlarida ro‘y bergan katta tog‘ ko‘chkilari oqibatida jabrlanganlarga insonparvarlik yordami ko‘rsatish haqida qaror qildi

TOShKENT, 6 mar — Sputnik. O‘zbekiston Tojikistonga insonparvarlik yordami jo‘natdi, deb xabar qildi O‘zbekiston TIV axborot xizmati.

Rog‘un GESi qurilishi - Sputnik O‘zbekiston
Vaxsh darosidagi yozgi suv toshqini Rog‘un GESi to‘g‘onini yuvib ketishi mumkin
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev topshirig‘iga muvofiq, O‘zbekiston hukumati Tojikistonning tog‘li hududlarida ro‘y bergan katta tog‘ ko‘chkilari oqibatida nafaqat iqtisodiy zarar yetkazgan, balki insonlar halok bo‘lishiga olib kelgan tabiiy ofatlardan jabrlanganlarga insonparvarlik yordami ko‘rsatish haqida qaror qildi.

Qo‘shni mamlakat xalqiga yuborilayotgan insonparvarlik yordamining umumiy hajmi qariyb 60 tonnani tashkil etadi. Uning tarkibida oziq-ovqat mahsulotlari, dori-darmon va tibbiyot buyumlari, qurilish materiallari, ko‘mir, issiq kiyim va birinchi ehtiyoj uchun zarur boshqa tovarlar boriligi aytilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligiga insonparvarlik yordamini shakllantirish, uni Tojikistonga yetkazish va topshirish ishlarini muvofiqlashtirish vazifasi yuklatilganligi aytilmoqda.

O‘zbekistonning Tojikistonga insonparvarlik yordami ko‘rsatish to‘g‘risidagi qarori ikki davlat va xalqlar o‘rtasidagi do‘stlik va o‘zaro qo‘llab-quvvatlash an’analarining yana bir amaliy ifodasidir. deyiladi xabarda.

Yangiliklar lentasi
0