TOShKENT, 11 mar — Sputnik. 10-mart kuni Qozog‘iston Respublikasi Prezidentining yordamchisi – Xavfsizlik kengashi kotibi V.Jumakanov boshchiligidagi delegatsiya Toshkentda bo‘ldi, deb xabar qildi "Jahon" AA.
Muzokaralar xalqaro va mintaqaviy xavfsizlikning ko‘plab masalalari bo‘yicha ikki mamlakat pozitsiyasi bir-biriga mos va o‘xshash ekanini tasdiqladi", — deyiladi xabarda.
Nashrda yozilishicha, yuzaga keladigan zamonaviy tahdid va xavflarga birgalikda qarshi turish uchun o‘zaro aloqalarni yanada rivojlantirishga doir aniq takliflar ishlab chiqilgan.
Ikki davlat ko‘p qirrali munosabatlarni 2013-yilda imzolangan O‘zbekiston Respublikasi va Qozog‘iston Respublikasi o‘rtasida Strategik sheriklik to‘g‘risidagi shartnoma ruhida yanada rivojlantirishdan manfaatdor ekani ta’kidlangan.
Ikki mamlakatning xavfsizlik sohasidagi o‘zaro hamkorligi butun Markaziy Osiyo mintaqasida barqarorlikni mustahkamlash va mintaqaning izchil rivojlanishida muhim ahamiyatga ega ekani qayd etilgan.
V.Jumakanov tadbirni yuksak saviyada tashkil etgani va har ikki tomon uchun dolzarb masalalarni atroflicha muhokama qilish imkoniyati yaratilgani uchun O‘zbekistonga minnatdorlik bildirgan.