O‘zbekiston va Qozog‘iston davlat chegaralari borasida kelishib oldi

Obuna bo‘lish
Uchrashuv yakuniga ko‘ra 2017-yilning birinchi yarmida dala ishlarini o‘tkazish jadvali kelishildi

TOShKENT, 5 mar — Sputnik. 2017-yilning 27-fevral — 3-mart kunlari Toshkent shahrida O‘zbekiston-Qozog‘iston Qo‘shma demarkatsiya komissiyasining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda O‘zbekiston Respublikasi hukumat portali.

Majlis davomida ikki davlatning Hukumat delegatsiyalari tomonidan O‘zbekiston-Qozog‘iston Davlat chegaralarini demarkatsiya qilishga oid hujjatlarni tayyorlash davom ettirildi.

Uchrashuv yakuniga ko‘ra 2017-yilning birinchi yarmida dala ishlarini o‘tkazish jadvali kelishildi.

O‘tgan yilning noyabr oyida ham ikki davlat Hukumat delegatsiyalari o‘zaro uchrashuvi bo‘lib o‘tgandi.

Yangiliklar lentasi
0