Toshkent shahar IIB "Ozodlik" tarqatgan xabarga raddiya berdi

© StringerO‘zbekiston Ichki ishlar xodimlari avtomobili
O‘zbekiston Ichki ishlar xodimlari avtomobili - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Doniyor Toshxo‘jayev hafta davomida Ichki ishlar va prokuratura organlari tomonidan olib borilgan ishlar yuzasidan hisobot berar ekan ayrim chet el OAVlari, xususan "Ozodlik" nashri e’lon qilgan xabarga raddiya berdi

TOShKENT, 11 mar — Sputnik. 9-mart kuni Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasida Prezident Shavkat Mirziyoyevning taklifiga ko‘ra o‘tkazilayotgan navbatdagi "payshanbalik" o‘tkazildi, deb xabar qilmoqda "Darakchi".

IIB xodimi - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston IIV Mirziyoyev talabini bajarishga kirishdi
Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Doniyor Toshxo‘jayev hafta davomida Ichki ishlar va prokuratura organlari tomonidan olib borilgan ishlar yuzasidan hisobot berar ekan ayrim chet el OAVlari, xususan "Ozodlik" nashrining chiqargan xabariga raddiya berdi.

"Ozodlik"ning xabarida 3-mart kuni Toshkent shahar Chilonzor tumani Qatortol ko‘chasida joylashgan "Jizzax siti" kafesiga millitsiya itlar bilan bostirib kirgani hamda barcha kafe mijozlari va xodimlarini avtobusga solib, ichki ishlar bo‘limiga olib ketgani haqida yozib qoldirildi.

Shuningdek xabarda go‘yoki sobiq ichki ishlar zobiti tomonidan "Toshkent shahrida ishlaydigan militsiya xodimlariga solingan jarima plani borligi, har bir xodim 4 million so‘mlik jarima manbai topib kelishi kerakligi haqida bergan ma’lumotlari yozilgan. Va ushbu tadbir mazkur reja doirasida, Chilonzor tumani IIB budjet oldidagi qarzdorligini yopish uchun uyushtirilgan" deya bergan ma’lumotlari yozilgan.

Doniyor Toshxo‘jayev jurnalistlar bilan uchrashuvda mazkur xabar hech qaysi aqlga sig‘masligi va fursatdan foydalanib ushbu xabarga raddiya berishini ma’lum qilgan.

O‘zbek militsiyasining kechasi va buguni
Vaholanki, IIBga "Jizzax siti" kafesiga tungi vaqtlarda qo‘shmachi fohishalar va boshqa jinoiy elementlar borligi haqida tezkor ma’lumotlar kelib tushgan. Shu sababli 3-mart kuni tungi soat 23:30da IIB xodimlar tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilib, 25 nafar foxishalik bilan shug‘ullanuvchi qizlar, Toshkentda vaqtinchalik ro‘yxatdan o‘tmasdan yashayotgan fuqarolar, kafe rahbariyati tomonidan vaqtinchalik yashashga ruxsati bo‘lmagan xodimlarning ishga qabul qilinganligi aniqlangan.

Aslida faoliyati tungi soat 23:00 gacha davom etishi kerak bo‘lgan kafe, ushbu vaqtda o‘tgan bo‘lishiga qaramay kafeda 30 dan ko‘p muqaddam sudlangan va kontingentga to‘g‘ri kelmaydigan shaxslar borligi ma’lum bo‘lgan.

"Kafedagi noqonuniy faoliyat haqida bizlarga ma’lumot kelib tushgan. Qo‘rqmasdan ayta olamiz, qaysi OAVda yozilishidan qat’i nazar, u xoh "Ozodlik" bo‘lsin, xoh boshqasi, agar qachondir yana shunga o‘xshash ma’lumotlar oladigan bo‘lsak, tomoshabin bo‘lib turmaymiz. Aholimiz tinchligini saqlash, jinoyatchilikning oldini olish uchun qonun doirasida o‘z harakatlarimizni amalga oshiramiz. Tadbirkor tadbirkorligi bilan shug‘ullanishi mumkin, ammo qonunbuzarlik qilishga hech kim unga huquq bermaydi. Kim bo‘lmasin, u qonun doirasida ish tutishi shart. Kim yozishidan qat’i nazar mazkur kafe rahbari ham qonun oldida tegishli javob beradi", – deydi Toshkent shahar IIBB boshlig‘i o‘rinbosari Doniyor Toshxo‘jayev.

Raddiyadan so‘ng, jurnalistlarga mazkur kafeda suratga olingan videolavhalar namoyish etilgan. Tasvirlarda ayollar, spirtli ichimliklar iste’mol qilib, sigaret chekib o‘tirgan erkaklar, shovqin ko‘tarayotgan ulfatlar, hatto, voyaga yetmagan bolalarning xatti-harakatlari aks etgan.

Yangiliklar lentasi
0