Shavkat Mirziyoyev Buxoro temir yo‘l vokzalidagi sharoitlar bilan tanishdi

© AFP / POOL / Anvar Ilyasov Shavkat Mirziyoyev na prezidentskix viborax
Shavkat Mirziyoyev na prezidentskix viborax - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Prezident yangi Afrosiyob elektropoyezdi imkoniyatlari, yo‘lovchilar uchun yaratilgan qulayliklar bilan yaqindan tanishdi

TOShKENT, 10 mar — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Buxoro viloyatiga tashrifi davomida Buxoro temir yo‘l vokzalida yo‘lovchilar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi. Bu haqda "O‘zbekiston temir yo‘llari" AJ matbuot xizmati xabar berdi.

Prezident yangi Afrosiyob elektropoyezdi imkoniyatlari, yo‘lovchilar uchun yaratilgan qulayliklar bilan yaqindan tanishdi.

2016 yil avgustida Toshkent — Buxoro yo‘nalishida yuqori tezlikda harakatlanuvchi Afrosiyob elektr poyezdining ilk qatnovi amalga oshirilgandi.

O‘zbekistonga 2ta yuqori tezlikda harakatlanuvchi elektropoyezd olib kelinadi

2011 yildan boshlab O‘zbekistonda yuqori tezlikda harakatlanuvchi ikkita Afrosiyob elektropoyezdi yo‘lovchilarga xizmat qilib kelmoqda.

Yangi zamonaviy elektropoyezd oldingilariga qaraganda keng imkoniyatga ega. Xususan, poyezd 287 yo‘lovchi sig‘imiga ega. Unda ekonom toifali vagonlar soni 2taga ko‘p. Bu bir vaqtning o‘zida qo‘shimcha 72 yo‘lovchini o‘z manziliga etkazish imkoni demakdir.

Tez kunlarda zamonaviy elektropoyezdning ikkinchisi ham olib kelinadi. Poyezdlar harakatini yo‘lga qo‘yish barobarida qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratilib, 15 mashinist va 50 ga yaqin vagon kuzatuvchilarini ish bilan ta’minlash nazarda tutilgan.

Shuningdek, «O‘ztemiryo‘lmashta’mir» sho‘’ba korxonasi hududida yuqori tezlikda harakatlanuvchi elektropoyezdlarga xizmat ko‘rsatish sexi qurilmoqda. Bu ham yangi ish o‘rinlarini ko‘paytirish imkonini beradi.

Yangiliklar lentasi
0