Sport

Hasanboy Doʻsmatovga "Yilning eng yaxshi bokschisi" sovrini topshirildi

© REUTERS/ Peter CziborraOʻzbek bokschisi Hasanboy Doʻsmatov
Oʻzbek bokschisi Hasanboy Doʻsmatov - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
XXXI yozgi Olimpiya oʻyinlarining oltin medal sohibi Hasanboy Doʻsmatov Xalqaro havaskor bokschilar assotsiatsiyasi (AIBA) tomonidan "Yilning eng yaxshi bokschisi" sovrini bilan taqdirlandi

TOSHKENT, 21 dek — Sputnik. Ilgariroq Havaskor boks xalqaro assotsiatsiyasi (AIBA) Twitter ijtimoiy tarmogʻi sahifasida oʻtkazgan ovoz berishda Hasanboy Doʻsmatov "Yilning eng yaxshi bokschisi" unvoniga sazovor boʻlgani haqida xabar bergan edik.

Yaʼni Xalqaro havaskor bokschilar assotsiatsiyasi tomonidan yilning eng yaxshi bokschisini aniqlash maqsadida oʻtkazilgan soʻrovnomada oʻzbekistonlik Hasanboy Doʻsmatov eng koʻp ovoz toʻplab, kubalik Robeysi Ramires va qozogʻistonlik Doniyor Yeleusinovni katta farq bilan ortda qoldirdi.

Oʻzbekistonlik bokschi Hasanboy Doʻsmatov - Sputnik Oʻzbekiston
Sport
Hasanboy Doʻsmatov Rio olimpiadasining eng yaxshi bokschisi deya eʼtirof etildi
"Jahon" axborot agentligi xabariga koʻra, Shveytsariyaning Lozanna shahrida Xalqaro havaskor bokschilar assotsiatsiyasi Ijroiya qoʻmitasi yigʻilishi va AIBAning 70-yilligi munosabati bilan boʻlib oʻtgan tantanali marosimda Hasanboy Doʻsmatovga 2016-yil yakunlariga koʻra, "Yilning eng yaxshi bokschisi" sovrini topshirilgan.

Eslatib oʻtamiz, 2016-yilgi sport mavsumida Oʻzbekiston bokschilari Rio-de-Janeyro shahrida oʻtkazilgan yozgi Olimpiya oʻyinlarida ular 3ta oltin, 2 kumush, 2 bronza medalni qoʻlga kiritdilar.

Vazni 49 kilogrammgacha boʻlgan charm qoʻlqop ustalari oʻrtasidagi bellashuvlarda Hasanboy Doʻsmatov Oʻzbekiston sport delegatsiyasi hisobiga dastlabki oltin medalni keltirgan edi. U oʻzbek bokschilari orasida birinchi boʻlib, Olimpiadaning eng yaxshi bokschisi sifatida Vel Barker kubogi bilan taqdirlandi.

Yangiliklar lentasi
0