Tojikiston insonparvarlik yordami uchun O‘zbekistonga minnatdorlik bildirdi

© MChS Respubliki UzbekistanUzbekistan otpravil gumanitarnuyu pomosh Tadjikistanu
Uzbekistan otpravil gumanitarnuyu pomosh Tadjikistanu - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bundan uch yil ilgari ham O‘zbekiston Tojikistonga qurilish materiallari, dori-darmon va oziq-ovqatlardan iborat yirik miqdordagi insonparvarlik yordamini jo‘natgandi

TOShKENT, 9 mar — Sputnik. Tojikiston hukumati qor ko‘chkilaridan jabr ko‘rgan tojik xalqiga insonparvarlik yordami yo‘llagani uchun O‘zbekistonga minnatdorlik bildirdi. Bu haqda "Jahon" AA xabar bermoqda.

Insonparvarlik yordami ortilgan yuk mashinalari O‘zbekiston favqulodda vaziyatlar vazirining birinchi o‘rinbosari Komil Oripov boshchiligidagi respublika delegatsiyasi kuzatuvi ostida Tursunzoda shahriga yetib keldi. Bu yerda delegatsiyani Tojikiston favqulodda vaziyatlar qo‘mitasi raisi Rustam Nazarzoda boshchiligidagi vazirlik va idoralar vakillari kutib oldilar. Tegishli hujjatlar rasmiylashtirilganidan so‘ng mashinalar karvoni Dushanbega yo‘l oldi.

Furalar - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston Tojikistonga 60 tonna insonparvarlik yordami jo‘natdi

Insonparvarlik yordami qabul qilib olinganidan so‘ng tashkil etilgan brifingda O‘zbekiston favqulodda vaziyatlar vazirining birinchi o‘rinbosari Komil Oripov O‘zbekiston tojik xalqiga og‘ir damlarda doimo yordam qo‘lini cho‘zib kelganini bildirdi.

Bundan uch yil ilgari ham O‘zbekiston Tojikistonga qurilish materiallari, dori-darmon va oziq-ovqatlardan iborat yirik miqdordagi insonparvarlik yordamini jo‘natgandi. Komil Oripovning ta’kidlashicha, bu O‘zbekiston o‘z qo‘shnisiga har doim yordamga shay ekanligini anglatadi.

O‘z navbatida Tojikiston Favqulodda vaziyatlar bo‘yicha qo‘mitasi raisi Rustam Nazarzoda Dushanbe mamlakatning tabiiy ofatdan zarar ko‘rgan hududlariga yordam berishni so‘rab qator davlatlar va xalqaro tashkilotlarga murojaat qilganligini aytdi.

Nazarzodaning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekiston mazkur iltimosga birinchilardan bo‘lib javob berib, o‘z qo‘shnisiga yordam qo‘lini cho‘zdi.

"Tojikiston hukumati nomidan o‘z vaqtida ko‘rsatilgan yordam uchun O‘zbekiston rahbariyatiga minnatdorchilik bildiraman. Insonparvarlik yordamining Tojikistonga o‘z vaqtida yetib kelishini ta’minlagan O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi va boshqa idoralarining a’lo darajadagi faoliyati e’tiborga molik. Rahmat sizga, qadrli o‘zbekistonlik do‘stlar!", — dedi u.

Yangiliklar lentasi
0