Toshkentda pensionerlar uchun metro xizmati bepul bo‘ldi

© WikipediaTashkentskiy metropoliten
Tashkentskiy metropoliten - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Barcha pensionerlar Toshkent metropoliteni xizmatlaridan har kuni ertalab soat 10:00 dan soat 16:00 gacha bepul foydalanishlari mumkin

TOShKENT, 9 mar — Sputnik. Joriy yilning 15-martidan boshlab soat 10:00 dan 16:00 ga qadar barcha pensionerlarga Toshkent metropoliteni xizmatidan bepul foydalanish imkoniyati yaratildi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligida o‘tkazilgan brifingda axborot berildi.

Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2017-yil 9-mart kuni qabul qilingan 128-sonli va Toshkent shahar hokimining shu kundagi "Toshkent metropolitenida pensionerlarga bepul xizmat ko‘rsatish to‘g‘risida"gi qarorlariga ko‘ra barcha pensionerlar Toshkent metropoliteni xizmatlaridan har kuni ertalab soat 10:00 dan soat 16:00 gacha bepul foydalanishlari mumkin.

Toshkent metrosi - Sputnik O‘zbekiston
Pensionerlarning metrodan bepul foydalanishlari haqida Qaror tayyorlanmoqda

Buning uchun metropoliten operatoriga pensiya guvohnomasi ko‘rsatilgandan keyin bir martalik maxsus jeton taqdim etiladi va alohida ajratilgan turniketdan o‘tib ketish mumkin bo‘ladi.

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Toshkent shahri saylovchilari vakillari bilan saylovoldi uchrashuvda barcha pensionerlarga Toshkent metropoliteni xizmatlaridan har kuni ertalab soat 10:00 dan soat 16:00 gacha bepul foydalanish huquqi berilishi to‘g‘risida ta’kidlangan edi.

2017 yilning 23-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Toshkent shahrini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi turmush darajasini yanada yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar dasturi to‘g‘risida"gi qaror qabul qilindi. Unga ko‘ra, "O‘zbekiston temir yo‘llari" AJga qarashli "Toshkent metropoliteni" UK, Toshkent shahar hokimligi, Moliya vazirligiga pensionerlarni qo‘llab-quvvatlash yuzasidan qo‘shimcha imtiyoz yaratish topshirig‘i berildi.

Yangiliklar lentasi
0