Pensionerlarning metrodan bepul foydalanishlari haqida Qaror tayyorlanmoqda

Obuna bo‘lish
Oldinga qo‘yilgan mazkur masalani yechish uchun Toshkent shahar hokimligi hamda mutasaddi vazirliklar tomonidan tegishli qaror tayyorlanmoqda

TOShKENT, 13 yanv — Sputnik. O‘zbekistonda pensionerlarga Toshkent metrosida bepul yurish huquqini beradigan Vazirlar Mahkamasining Qarori tayyorlanmoqda. Bu haqda "Darakchi" nashri "Toshkent metropoliteni" DUKka asoslanib xabar bermoqda.

Metro qurilishi - Sputnik O‘zbekiston
Sergelidagi metro qurilishiga 170 mln $dan ortiq mablag‘ ajratiladi

Xabarda aytilishicha, oldinga qo‘yilgan mazkur masalani yechish uchun Toshkent shahar hokimligi hamda mutasaddi vazirliklar tomonidan tegishli qaror tayyorlanmoqda, degan "Toshkent metropoliteni" DUK vakili.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahar saylovchilari bilan saylovoldi uchrashuvida keksa avlodni ijtimoiy himoya qilish masalalariga alohida e’tibor qaratgan edi, xususan, uchrashuvda pensionerlarga soat 10:00 dan 16:00 ga qadar metropolitendan bepul foydalanish huquqi berilishi aytib o‘tilgandi.

Yangiliklar lentasi
0