O‘zbekistondan Polshaga eksport hajmi oshdi

© Sputnik / Viktor Tolochko / Mediabankka o‘tishChegaradagi furalar
Chegaradagi furalar - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Polshaning O‘zbekistonga eksporti hajmi qisqarishi barobarida o‘zbek mahsulotlarining Polshaga yetkazib berilishi oshmoqda

TOShKENT, 9 noya – Sputnik. 2016-yilning yanvar-avgust oylari davomida O‘zbekiston va Polsha o‘rtasidagi umumiy tovar ayirboshlash hajmi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 7%ga qisqargan va 71 million dollarni tashkil etdi, dedi Polsha elchixonasining O‘zbekistondagi savdo va investitsiya bo‘yicha bo‘limi maslahatchisi Yatsek Mixalski matbuot anjumanida.

U Polsha statistika organlari ma’lumotlariga tayanib yil davomida ikki tomonlama tovar ayirboshlashda turlicha o‘zgarishlar kuzatilganini qayd etdi. Polshaning O‘zbekistonga eksporti hajmi qisqarishi barobarida o‘zbek mahsulotlarining Polshaga yetkazib berilishi oshmoqda. O‘zbekistondan Polshaga mahsulot jo‘natish hajmi o‘tgan davr mobaynida 8%ga oshgan. Natijada o‘zaro savdodagi saldo 24%ga — 36 million dollarga qisqargan.

Zumrad va Kimmat multfilmi - Sputnik O‘zbekiston
Polshada o‘zbek xalq ertaklari chop etildi

"Bu Rossiya orqali tranzitning taqiqlanganligi bilan bog‘liq. Lekin Kavkaz orqali muqobil yo‘l bor. Darvoqe, u hozir dastlabki paytlardagidek qimmat emas. Embargo e’lon qilingan paytda Polsha kompaniyalari O‘zbekistonga ketadigan bitta fura uchun ham 15 ming dollar ham 15 ming so‘rashgandi. Hozir bu narx ancha tushgan va mazkur yo‘nalish bo‘yicha tovar olib o‘tish osonlashdi. Tovar tashuvchi kompaniyalar ham paydo bo‘ldi", – dedi Yatsek Mixalski Sputnik O‘zbekiston muxbiriga.

U o‘shanda katta xavotir uyg‘ongani va shuning uchun yuk tashish narxi oshib ketganligini bildirdi. Hozir hammasi joyida. Sanksiyaga tushmagan mahsulotlar Rossiya orqali tashilmoqda, bu yo‘nalishda faqatgina go‘sht, olma, sut mahsulotlari va embargoga tushgan ayrim mahsulotlargina tashilmaydi.

Polsha eksportida asosiy o‘rinni yirik shoxli qoramol yetkazib berish egalladi – bu umumiy eksport hajmining 23%ini tashkil etdi, kimyo sanoati mahsulotlari –20%ga yaqin, mashina, uskuna va qurilmalar – 14%, rangli metaldan tayyorlangan mahsulotlar –12%ga yaqinni tashkil etdi. 2016-yilda rangli metallar, tosh, gips, charm mahsulotlari eksporti sezilarli ravishda o‘sgan. Polshadan bu davr mobaynida 19 turdagi mahsulot eksport qilingan.

O‘zbekistondan esa qayta ishlangan paxta mahsulotlari, tekstil sanoati mahsulotlari eksport qilingan. Ularning ulushi umumiy hajmning 47,5%iga yetgan. Mineral mahsulotlar 30%, kimyo sanoati mahsulotlari 20%ni tashkil etgan. O‘zbekistondan Polshaga jami 12 turdagi mahsulot eksport qilingan.

Maslahatchining aytishicha, davlatlar o‘rtasida o‘zaro hamkorlikka qiziqish yuqori darajada va bu birinchi navbatda kichik va o‘rta biznes vakillari tomonidan ekanligi polshalik va o‘zbekistonlik tadbirkorlarning talab-takliflari o‘sayotganligidan darak beradi.

"Shu munosabat bilan elchixona bo‘limi O‘zbekistonning davlat va jamoat tuzilmalari bilan manzilli jo‘natmalar, turli uchrashuvlar, tashriflar, tadbirlar tashkil etish, xalqaro ko‘rgazmalarda ishtirok etish, ikki davlat biznesmenlari o‘rtasida bevosita aloqalar o‘rnatish borasida faol hamkorlik qilishda davom etadi", – dedi Mixalski.

Yangiliklar lentasi
0