O‘zbekiston yangi ko‘mir shaxtasi qurilishiga 165 mln $ sarflaydi

© Sputnik / Mixail Voskresenskiy / Mediabankka o‘tishV zaboe shaxti
V zaboe shaxti - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yangi loyiha har yili 4 million tonnagacha ko‘mir qazib olish imkonini beradi. Bugungi kunda O‘zbekistonda ko‘mirning asosiy iste’molchisi issiqlik elektr energiyasi ishlab chiqaruvchi korxonalardir.

TOShKENT, 20 fev — Sputnik. "O‘zbekko‘mir" OAJ yangi "Angren" shaxtasi qurilishiga 165 million dollardan ortiq mablag‘ sarflashga qaror qilgan, deb xabar qildi "O‘zbekko‘mir" vakili  Sputnik muxbiriga.

Uning so‘zlariga qaraganda, bugungi kunda kompaniya yangi loyihaning texnik-iqtisodiy asosini ishlab chiqmoqda.

"Angren" shaxtasi har yili 4 million tonnagacha ko‘mir qazib olish imkonini beradi. Biz ushbu yilning III-IV kvartalida loyihaning bosh pudratchisini tanlaymiz. Yil oxirida esa loyihani amalga oshirish boshlanadi", — dedi kompaniya vakili.

Geologlar o‘tkazgan izlanishlarga ko‘ra, O‘zbekiston 5,7 milliard tonna ko‘mir zahirasiga ega. Ulardan faqat 1,9 milliard tonnasi o‘rganib chiqilgan xolos. Har yili O‘zbekistonda 4 million tonna ko‘mir qazib olinadi. Undan 85 % energetika sohasida ishlovchi korxonalarga yetkizib beriladi.

Yangiliklar lentasi
0