O‘zbekistonda bolali ayollarga moddiy yordam ko‘rsatiladi va ularning ish vaqti qisqartiriladi

Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda homiladorlik va tug‘ish ta’tillari kuni uzaytiriladi, deyilgan 2017-2019 yillar uchun imzolangan Bosh kelishuvda

TOShKENT, 27 fev — Sputnik. "O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 48-moddasiga asosan 2017-yil 22-fevralda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi o‘rtasida ijtimoiy-iqtisodiy masalalar bo‘yicha  2017-2019 yillar uchun Bosh kelishuv imzolandi", — deb xabar qilingan O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi portalida.

Besh yillik Harakatlar strategiyasi tasdiqlandi
Bosh kelishuvda jamoa shartnomalariga ayollar va yoshlar uchun qo‘shimcha kafolatlarni, shu jumladan:
homiladorlik va tug‘ish ta’tillari kunini uzaytirish;

bolali ayollarga moddiy yordam ko‘rsatish va qisqartirilgan ish vaqtini o‘rnatish;

kasb-hunar ta’limi muassasalarining bitiruvchilariga  mehnat munosabatlari sohasida qo‘shimcha imtiyozlar o‘rnatish;

uzoq muddat foydalaniladigan tovarlar xarid qilish, uy-joy qurilishi, shuningdek safarbarlik chaqiruvi zaxirasida xizmatni o‘tashga haq to‘lash uchun yosh xodimlarga foizsiz ssudalar berish imtiyozlarini kiritish tavsiya etildi.

Bosh kelishuv bilan ijtimoiy muloqot va ijtimoiy sheriklikni rivojlantirish choralari va bu boradagi ayrim qoidalar belgilab qo‘yildi.

Farg‘onadagi "Ayollar maslahat markazi" xotin-qizlarga ko‘mak bermoqda
Ayollar va yoshlarga qo‘shimcha imtiyozlar berilishini nazarda tutuvchi idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni inventarizatsiyadan o‘tkazish va Xalqaro Mehnat Tashkiloti Konvensiyalariga va O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiqligi nuqtayi-nazaridan qayta ko‘rib chiqish hamda ularga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish yoki yuqoridagilarga zid meyorlarni bekor qilish yuzasidan takliflar berish tavsiya etildi.

Ta’kidlash lozimki, Bosh kelishuv mehnat sohasidagi ijtimoiy sheriklikning asosiy hujjati hisoblanadi, doiraviy tusga ega bo‘lib Hukumat, kasaba uyushmalari Federatsiyasi va ish beruvchilar tashkilotlari hamkorligining asosiy yo‘nalishlarini belgilab beradi. Kelishuv meyorlarining katta qismi tarmoq va hududiy kelishuvlar shuningdek jamoa shartnomalari orqali amalga oshirilishi lozim.

Yangiliklar lentasi
0