Toshkentda 125 ming dollar so‘ragan tovlamachi qo‘lga olindi

Obuna bo‘lish
U qurilish kompaniyalaridan birining direktoriga 125 ming dollar evaziga Bosh prokuratura tomonidan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishini to‘xtatishda yordam berishini aytgan

TOShKENT, 9 mar — Sputnik. Milliy xavfsizlik xizmati xodimlari Bosh prokuratura xodimlari bilan o‘tkazgan tezkor tadbir natijasida Toshkentda yashovchi, qashqadaryolik 46 yoshli Panji Usmonov jinoyat ustida qo‘lga olindi. Bu haqda Sputnik O‘zbekiston muxbiriga kuch tizimi vakili xabar qildi. U o‘zi so‘ragan 125 ming dollardan 25 mingini olayotganida ushlangan.

"Mustonov qurilish kompaniyalaridan birining direktoridan yuqoridagi miqdorda aytilgan pulni so‘ragan. U bu pul evaziga Bosh prokuratura tomonidan ushbu kompaniya mansabdor shaxslariga nisbatan Jinoyat kodeksining 189-moddasiga ("Savdo yoki xizmat ko‘rsatish qoidalarini buzish") asosan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishini to‘xtatishda yordam berishini aytgan", — dedi MXX vakili.

Rabota vnevedomstvennoy oxrani moskovskoy politsii - Sputnik O‘zbekiston
72,6 ming dollar va 450ta sim-kartani chetga olib chiqib ketishga uringan kapitan ushlandi

Shaxsiy tekshiruv paytida uning yonidan Toshkent huquq-tartibot organlari qo‘l jangi federatsiyasi murabbiyi hujjati topildi.

Surishtiruv chog‘ida P.Mustonov pullarni shaxsiy maqsadi yo‘lida so‘ragani va jinoyat ishini to‘xtatish bo‘yicha kompaniya direktoriga yordam berish niyati bo‘lmaganligini bildirdi.

P.Mustonovga nisbatan Bosh prokuratura tomonidan O‘zbekiston Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda keyingi paytda tovlamachilik bilan bog‘liq jinoyatlar o‘sishi kuzatilmoqda. Bu birinchi navbatda aholining huquqiy savodxonligi yetarlicha emasligiga borib taqaladi va bundan jinoyatchilar foydalanib qolishmoqda. Mavjud vaziyatni tartibga solish uchun O‘zbekiston Milliy xavfsizlik xizmati mazkur turdagi jinoyatlarning oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirmoqda.

Yangiliklar lentasi
0